Markaziy saylov komissiyasi va siyosiy partiyalar axborot xizmatlari vakillariga sertifikatlar topshirildi

23.04.2021, 20:10

Shu yilning 19-23-aprel kunlari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan Markaziy saylov komissiyasi va siyosiy partiyalar axborot xizmatlari rahbarlari va xodimlari uchun «Axborot xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy PR yondashuvlar» mavzuida besh kunlik seminar-trening tashkil etildi.

Bugun mazkur seminar-trening o‘z ishini yakunladi va tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.


Seminar-treninglarda partiyalar xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, saylov jarayonida OAV bilan aloqalarning o‘ziga xos jihatlarini qamrab olgan “Saylov jarayonida OAV bilan aloqalarning o‘ziga xosligi”, “Zamonaviy media muhitida krizis kommunikatsiyalar va ularni boshqarish”, “Provakatsion savollar va holatlarga qanday javob berish kerak?”, “Saylovda PR texnologiyalar”, “Ijtimoiy tarmoqlar uchun media matn tayyorlashda onlayn instrumentlardan foydalanish” kabi mavzularda ma’lumotlar taqdim etildi.



Увеличить на0%