AOKAda daftar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

02.07.2021, 19:30

Bugun, 2-iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida daftar ishlab chiqaruvchi matbaa korxonalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Unda AOKA direktori o‘rinbosari Gʻayrat Bozorov, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mas’ullari hamda tadbirkorlar qatnashdi.


Suhbat davomida  matbaa mahsulotlari, shu jumladan yangi o‘quv yili boshlanishidan avval daftar mahsulotlariga talab oshishini hisobga olib, bozorlarda nostandart va kontrafakt bosma mahsulotlar savdosi hamda matbaa mahsulotlarni narx navosi asossiz ko‘tarilishini oldini olish, iste’molchilarga sifatli mahsulotlar yetkazib berish masalalari muhokama etildi.


Aytish kerakki, 2021-yil 2-iyundagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida mahsulotlarni texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash sohalarida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani xalqaro andozalarga moslashtirish, standartlardan keng foydalanish muhitini yaratish, muvofiqlikni baholash jarayonlariga zamonaviy uslublarni joriy qilish bo‘yicha qator  vazifalar belgilangan. Davra suhbatida Investisiyalar va tashqai savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutaxassislari Prezident Farmonining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdilar.


Qizg‘in muhokamalarga boy tarzda o‘tgan davra suhbati yakunida tegishli xulosalar qilinib, kontrafakt matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarilishini va tarqatilishini oldini olish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar belgilandi.

Увеличить на0%