AOKA vakillari Turkiyada o‘tkazilayotgan tajriba almashinuv treningida ishtirok etmoqda

29.07.2021, 20:30

Joriy yilning 29-30 iyul kunlari Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy Kengash) OAVni muvofiqlashtirish qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi va OAV, ijtimoiy tarmoqlar sohasida ishlovchi mutaxassislar uchun tajriba almashinuv treningi o‘tkazilmoqda.



Mazkur treningda AOKA direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjanov hamda boshqa mutasaddilar ham qatnashmoqda.

Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad — axborot siyosatini amalga oshirish borasida o‘zaro tajriba almashishdan iborat.



Treningda Turkiy kengash bosh kotibi o‘rinbosari Omer Kojaman va boshqalar so‘zga chiqdi va sohani rivojlantirish, bu borada dunyo tajribasi va boshqa jihatlar haqidja so‘zlab berdilar.

Trening ertaga o‘z ishini yakunlaydi.

Увеличить на0%