“Mahalla – besh tashabbus beshigi” respublika ko‘rik tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

04.12.2021, 14:50

Bugun Turkiston san’at saroyida Oliy Majlis Senatining “Mahalla – besh tashabbus beshigi” respublika ko‘rik tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Prezident Sh. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus yo‘nalishlarida respublika miqyosida  keng ko‘lamda ish olib borgan eng faol mahallalar taqdirlandi.


Final bosqichida esa 14 ta hududdan yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 14ta mahalla, 300 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.


Marosimda Senat raisi Tanzila Norboyeva so‘zga chiqdi va final bosqichga yetib kelgan barcha ishtirokchilarni muborakbod etdi.


- So‘nggi yillarda “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlarining izchillik bilan amalga oshirilishi mahallalarimizning qiyofasini tubdan o‘zgartirdi. 

Davlatimiz Markaziy Osiyodagi eng katta va yoshlardan iborat mamlakat hisoblanadi. Erta-indin butun kelajagimizni shu yoshlar qo‘liga topshirishimiz kerak bo‘ladi. Kelajagimizni jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, yoshligida har tomonlama kamol toptirgan yoshlarimiz qo‘liga ishonamiz. Shunga ko‘ra "Besh tashabbus" g‘oyasi mahallalarda amalga oshirilishi va har bir xonadonga kirib borishi to‘g‘risida Prezidentimizning alohida topshiriqlari bor", deya ta’kidladi T. Narbayeva o‘z nutqida.


Taqdirlash marosimida AOKA direktori A. Xodjayev ham ishtirok etdi va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi o‘quv kurslari uchun sertifikat hamda elektron kitoblarni bir qator g‘oliblarga tantanali topshirdi.


Gʻolib mahallalarga I, II, III darajali diplomlar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati hamda homiylarning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.


Увеличить на0%