AOKAda «Konstitusiya — taraqqiyotimiz kafolati» deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

07.12.2021, 18:18

Bugun, 7 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 29 yilligi munosabati bilan Agentlik direktori, markaziy apparat va hududiy boshqarmalar xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda bosh qomusimiz qabul qilinishining tarixi, jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritilib, asosiy qonunimizda xalq farovonligini kafolatlaydigan, huquqiy davlatning bosh mezoni bo‘lgan tamoyillar aks etgani qayd etildi.

Agentlik rahbari Asadjon Xodjayev asrlar osha xalqimiz tan olgan ko‘plab hayotiy qoida va tartiblardan jamiyat uchun eng muhimlari Konstitusiyamizga asos sifatida kiritilganini ta’kidladi. «Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati, boshqa daxlsiz huquqlari, tinchlik va hamjihatlik barqarorligi oliy qadriyat hisoblanishi qomusimizda mustahkam belgilangan», — dedi A.Xodjayev. 

So‘zga chiqqanlar mamlakatimizning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy va mudofaa qudratini yuksaltirish, millatlararo totuvlikni asrash, Asosiy qonunimizning hayotimizdagi o‘rnini keng targ‘ib etish axborot sohasi vakillarining birinchi darajali vazifasi ekanini alohida qayd etdi.

Tadbir davomida bayram munosabati bilan Agentlik tizimi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn-viktorina g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Увеличить на0%