AOKA xodimlari umumxalq hasharida faol ishtirok etdi

30.04.2022, 13:00
Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi markaziy apparati, tizim tashkilotlari, hududiy boshqarmalarida umumxalq hashari tashkil etilib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Xodimlar idora hududlarini tozalash, bino hovlisini tartibga keltirish, tegishli yer maydonchalarida turli daraxtlar hamda gul ko‘chatlari o‘tqazish, mavjudlariga shakl berish yumushlarini bajardi.

Uyushqoqlik bilan o‘tkazilgan ushbu hashar tadbirlari o‘zaro hamjihatlikni yanada kuchaytirish, poklik va tabiatga mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, jamoat joylarini obod qilish, hududlar sanitariya holatini yaxshilashga hissa qo‘shishi shubhasiz.










Увеличить на0%