E’LON!

07.05.2022, 13:16

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi “Inson qadri, uning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari uchun” hamda “Rahbar faoliyati xronikasi” nomli kitoblarni o‘zbek tilida (lotin va kirill alifbosida), shuningdek, "O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi davrida" kitob-albomni o‘zbek (lotin va kirill alifbosida) va rus tillarida  nashr etish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Ushbu kitobni nashr etish bo‘yicha mahalliy nashriyotlar tomonidan o‘z tijorat takliflarini quyidagi talablar asosida info@aimc.uz va a.valixonov@aimc.uz elektron pochta manzillari orqali 2022 yil 11 may kuniga qadar yuborishlari so‘raladi:

Tijorat takliflarini taqdim etuvchi nashriyotlar uchun belgilanadigan talablar:

● korxona ish faoliyati davri 3 yil va undan yuqoriligi (yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganiligi haqida guvohnoma, noshirlik (matbaa) faoliyatini boshlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor qilgani haqida tasdiqnoma hamda moliyaviy hisobotidan ko‘chirma);

● ishtirokchining bankrot deb e’lon qilinmaganligini tasdiqlovchi hujjat (ishtirokchi tomonidan imzo va muhr bilan tasdiqlangan kafolat xati);

● nashriyotda yuqori malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, kamida 5 yillik ish tajribasiga ega 4 va undan ortiq muharrirning doimiy asosda ishlayotganini tasdiqlovchi hujjatlar (faoliyat yuritayotgan muharrirlar, ularning ixtisosligi va tajribasi to‘g‘risida ma’lumot, mehnat shartnomasidan ko‘chirma);

● so‘nggi 3 yil davomida ijtimoiy-siyosiy asarlarni nashr etgani to‘g‘risida ma’lumot (nashr etilgan ijtimoiy-siyosiy asarlar nomi, muallifi);

● kitobni nashr etish bo‘yicha hisob-kitoblar taqdim etilishi kerak (bunda muallif (tuzuvchi), tarjimon, fotosuratchi, rassom-dizaynerlar qalam haqlari, nashrga tayyorlash hamda chop etish bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlar inobatga olinishi lozim);

● kitobning matni, mazmun mundarijasi va original maketi Agentlik bilan kelishiladi hamda nashr etish ishlari 15 ish kunida amalga oshiriladi;

● Agentlikning talabiga muvofiq kitob nashr etilgandan so‘ng taqsimot asosida vazirlik, idora va tashkilotlarga kitoblarni yetkazib beradi;

● ishtirokchi tomonidan kitobni nashr etish bo‘yicha taqdim etilgan sarf-xarajatlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishiladi hamda uning yakuniy xulosasi asosida nashriyot bilan shartnoma imzolanadi. Moliya vazirligining yakuniy xulosasi ishtirokchi tomonidan taqdim qilingan hisob-kitoblardan farq qilishi mumkin.

● O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga (22.04.2021 y, O‘RQ-684-son) asosan Davlat xaridlari maxsus portal (https://xarid.uzex.uz/)dan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim.


Kitobni nashr etish bo‘yicha texnik parametrlar:

1. “Inson qadri, uning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari uchun” nomli kitob (o‘zbek tilida, kirill alifbosida)

● 70x100 1/16 bichimda;

● hajmi 416 sahifa;

● muqovalash turi qattiq (7BS), 3 mm.lik kartondan foydalaniladi, bloklar ip bilan tikiladi (kamida 5 ta chok), kaptal yopishtiriladi;

● muqova 150-200 gr.lik silliqlangan qog‘ozda, 4+1 (CMYK) rangda chop etiladi, laminasiya qilinadi, 3D lak;

● forzats 190 gr.lik qog‘ozda, 4+0 (CMYK) rangda;

● ichki sahifalar 80 gr.lik ofset qog‘ozda, 2+2 rangda chop etiladi;

● adadi 5 000 nusxa.


2. “Inson qadri, uning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari uchun” nomli kitob (o‘zbek tilida, lotin alifbosida)

● 70x100 1/16 bichimda;

● hajmi 416 sahifa;

● muqovalash turi qattiq (7BS), 3 mm.lik kartondan foydalaniladi, bloklar ip bilan tikiladi (kamida 5 ta chok), kaptal yopishtiriladi;

● muqova 150-200 gr.lik silliqlangan qog‘ozda, 4+1 (CMYK) rangda chop etiladi, laminasiya qilinadi, 3D lak;

● forzats 190 gr.lik qog‘ozda, 4+0 (CMYK) rangda;

● ichki sahifalar 80 gr.lik ofset qog‘ozda, 2+2 rangda chop etiladi;

● adadi 5 000 nusxa.


3. “Rahbar faoliyati xronikasi” nomli kitob (o‘zbek tilida, kirill alifbosida)

● bichimi 70x100 1/16

● hajmi 744 bet, 46,5 bosma taboq, 60,45 sh.b.t.

● adadi 5 000 dona.

● muqova turi : qattiq 7 tisneniyalik

● matn rangi 1+1, matn uchun qog‘oz ofset 70 gr.

● frontispis 4+0, frontispis uchun qog‘oz (melovannыy) 150 gr.

● forzas 0+0, forzas uchun qog‘oz ofset 160 gr.


4. “Rahbar faoliyati xronikasi” nomli kitob (o‘zbek tilida, lotin alifbosida)

● bichimi 70x100 1/16

● hajmi 744 bet, 46,5 bosma taboq, 60,45 sh.b.t.

● adadi 5 000 dona.

● muqova turi : qattiq 7 tisneniyalik

● matn rangi 1+1, matn uchun qog‘oz ofset 70 gr.

● frontispis 4+0, frontispis uchun qog‘oz (melovannыy) 150 gr.

● forzats 0+0, forzas uchun qog‘oz ofset 160 gr.


5. “O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi davrida” kitob-albom (o‘zbek tilida, kirill alifbosida)

● 70x100 1/8 bichimda;

● hajmi 352 sahifa;

● muqovalash turi qattiq (7B), 3 mm.lik kartondan foydalaniladi, bloklar ip bilan tikiladi (kamida 5 ta chok), kaptal yopishtiriladi;

● muqova 200 gr.lik silliqlangan qog‘ozda, 4+1 (CMYK) rangda chop etiladi, laminasiya qilinadi, kitob-albom nomi 3D lak bilan yoziladi;

● forzats 190 gr.lik qog‘ozda, 4+0 (CMYK) rangda chop etiladi;

● ichki sahifalar 150 gr.lik silliqlangan qog‘ozda, 4+4 (CMYK) rangda chop etiladi;

● adadi 500 nusxa.


6. “O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi davrida” kitob-albom (o‘zbek tilida, lotin alifbosida)

● 70x100 1/8 bichimda;

● hajmi 352 sahifa;

● muqovalash turi qattiq (7B), 3 mm.lik kartondan foydalaniladi, bloklar ip bilan tikiladi (kamida 5 ta chok), kaptal yopishtiriladi;

● muqova 200 gr.lik silliqlangan qog‘ozda, 4+1 (CMYK) rangda chop etiladi, laminasiya qilinadi, kitob-albom nomi 3D lak bilan yoziladi;

● forzats 190 gr.lik qog‘ozda, 4+0 (CMYK) rangda chop etiladi;

● ichki sahifalar 150 gr.lik silliqlangan qog‘ozda, 4+4 (CMYK) rangda chop etiladi;

● adadi 2 000 nusxa.


7. “Uzbekistan v godi Vtoroy mirovoy voyni” kniga-albom (rus tilida)

● 70x100 1/8 bichimda;

● hajmi 352 sahifa;

● muqovalash turi qattiq (7B), 3 mm.lik kartondan foydalaniladi, bloklar ip bilan tikiladi (kamida 5 ta chok), kaptal yopishtiriladi;

● muqova 200 gr.lik silliqlangan qog‘ozda, 4+1 (CMYK) rangda chop etiladi, laminasiya qilinadi, kitob-albom nomi 3D lak bilan yoziladi;

● forzats 190 gr.lik qog‘ozda, 4+0 (CMYK) rangda chop etiladi;

● ichki sahifalar 150 gr.lik silliqlangan qog‘ozda, 4+4 (CMYK) rangda chop etiladi;

● adadi 500 nusxa.

 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 71-244-38-85, 71-244-35-35 (Asliddin Jo‘rayev) raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling.

Увеличить на0%