AOKA rahbari turkiyalik va ozarbayjonlik mutasaddilar bilan uchrashdi

14.05.2022, 19:20

Xabar berilganidek, AOKA rahbari va bir qator mutasaddilari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar OAV va axborot sohasiga mas’ul idoralari rahbarlarining to‘rtinchi yig‘ilishida ishtirok etishmoqda.

Uchrashuv  kun tartibida media va kommunikasiya sohasidagi qo‘shma tadqiqotlar va loyihalar, shuningdek, hamkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rin olgan bo‘lib, Agentlik direktori A.Xodjayev ham bu borada O‘zbekiston tomonining taklif va tashabbuslarini bildirdi.

Turkiyaga tashrif doirasida AOKA rahbari A.Xodjayev  Turkiya radio va televideniye oliy kengashi raisi Abubakr Shaxin bilan uchrashdi. Soha mas’ullari yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar ijrosini samarali tashkil etish hamda amaliyotga joriy qilish borasida fikr almashishdi. 

Shundan so‘ng, Agentlik direktori Ozarbayjon Prezidenti yordamchisi Hikmat Hojiyev bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.


Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasida axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida istiqbolli aloqalarni mustahkamlash masalasi haqida suhbatlashishdi. Xususan, so‘z va matbuot erkinligi borasidagi islohotlar, axborot siyosatini yuritish, xolis va dalillarga asoslangan xabar yetkazishda axborot xizmatlarining o‘rni, ahamiyati to‘g‘risida alohida to‘xtalishdi. 

Shuningdek, OAV  va media sohasini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqish, axborot olish va yetkazish borasida tajriba almashish bo‘yicha kelishib olindi.

Увеличить на0%