Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

06.05.2022, 14:00

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktorining yangi o‘rinbosari AOKA jamoasiga tanishtirildi.

Ushbu lavozimga Prezident Administrasiyasi rahbarining farmoyishi bilan Ulug‘bek Axmadovich Azamov tayinlandi. U bungacha turizm va madaniy meros vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

U.Azamov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Buyuk Britaniyadagi Surrey universitetini tamomlagan, turli yillarda BMT Taraqqiyot dasturi doirasida faoliyat yuritgan, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida maslahatchi bo‘lgan.

Agentlik direktorining yangi o‘rinbosari xalqaro hamkorlik, tahliliy ta’minot va matbuot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Увеличить на0%