Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi

10.06.2022, 10:10

Hukumat qarori (317-son, 07.06.2022-y.) bilan davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.

Reglamentga ko‘ra, ariza beruvchi buning uchun davlat xizmatlari markazlariga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali elektron murojaat qiladi.

● So‘rovnoma to‘ldiriladi hamda vakolatli organ (Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) 15 ish kunida ariza beruvchini attestatsiyaga qo‘yish yoki qo‘yilmasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

● Vakolatli organ attestasiya guruhi shakllanishiga qarab talabgorlarni attestatsiyadan o‘tkazadi (5–10 ta savoldan iborat og‘zaki suhbat).

● Attestatsiyada qatnashishdan chetlashtirilgan talabgor 6 oy davomida keyingi attestatsiyalarga qo‘yilmaydi.

● Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari har 3 yilda attestatsiyadan o‘tadi.

● Mazkur davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

Увеличить на0%