AOKA va Ozarbayjon Mediani rivojlantirish agentligi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

20.06.2022, 17:17
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Ozarbayjon Respublikasi Mediani rivojlantirish agentligi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. 

Anglashuv memorandumi joriy yil 21-22-iyun kunlari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida, shuningdek, tomonlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida imzolandi.


Memorandum doirasida zamonaviy media makonda o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini yaratish, axborot siyosatini yuritish borasida o‘zaro tajriba almashish, jurnalistika sohasida mutaxassislarni tayyorlashda o‘zaro aloqalar o‘rnatish, axborot xizmatlari rahbarlari malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlari tashkillashtirish ko‘zda tutilgan. 


Uchrashuvda, shuningdek, tomonlar memorandumda belgilangan vazifa va maqsadlarni samarali amalga oshirish hamda soha bo‘yicha mutasaddi davlat tashkilotlari va muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida davlatlar o‘rtasida delegatsiyalar tashrifini tashkillashtirish, qo‘shma dastur va rejalar, shuningdek, muzokaralarni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlarni tuzish va ularning ishchi uchrashuvlarini tashkil etish, turli tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan ham kelishib olishdi.


Увеличить на0%