SHHTga a’zo davlatlar ishtirokida Gender tenglik va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Forum bo‘lib o‘tdi

19.08.2022, 17:30

Bugun Toshkent shahrida Kongress xolda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi Xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda Oliy majlis Senati raisi T.Norboyeva, Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari S.Mirziyoyeva, SHHTga a’zo 8 ta davlatning yetakchi ayol rahbarlari va boshqa mutasaddi rahbar xodimlar ishtirok etdi.

Tadbirda SHHTga a’zo davlatlar hukumatlarining tashabbuslari, xotin-qizlar harakati va tashkilotlarining faol ishtiroki tufayli so‘nggi yillarda SHHT doirasida ayollarning hamkorlik imkoniyatlari kengayib borilayotganligi qayd etildi.

Shuningdek, har bir tashkilotga a’zo mamlakat xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasi va ularning jamiyatda yetakchiliklarini oshirish borasidagi ishlar yuzasidan ma’lumot berishdi. Bundan tashqari, ushbu sohadagi sa’y-harakatlarni birlashtirish, hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflar berishdi va tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Forum doirasida SHHTga a’zo davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, inklyuziv rivojlanishida ayollarning o‘rni va ularning faolligini oshirish bo‘yicha bir qator shoʻba majlislari bo‘lib o‘tdi.

Forum yakunida birgalikdagi sa’y-harakatlarni yanada jadallashtirish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro munosabatlarni kengaytirishda xotin-qizlar salohiyatini safarbar etish, mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik, SHHT makonida insonparvarlik g‘oyalarini mustahkamlashga asos bo‘luvchi qo‘shma kommyunike qabul qilindi.


Увеличить на0%