Malayziyada bo‘lib o‘tayotgan IBBY 38-Xalqaro kongressda O‘zbekiston milliy shoʻbasi vakillari ishtirok etmoqda

05.09.2022, 19:00

Joriy yil 5-8-sentabr kunlari Malayziyada Bolalar va o‘smirlar kitoblari bo‘yicha xalqaro Kengashning (International Board on Books for Yaung People / IBBY) 38-Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

Xalqaro kongressda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yozuvchilar uyushmasi va Xalq ta’limi vazirligining IBBYdagi O‘zbekiston milliy shoʻbasi vakillari ishtirok etmoqda.

Xalqaro forumda, shuningdek, IBBYning Malayziya, Hindiston, Janubiy Afrika, Fransiya, AQSH, Kanada, Eron, Germaniya, Ispaniya, Daniya, Livan, Janubiy Koreya, Yaponiya, Norvegiya, Shvetsiyadan Milliy shoʻba delegasiyalari ham ishtirok etmoqda.

Forumning 1-kuni doirasida yalpi va shoʻba sessiyalari, shuningdek, Kanada va Malayziyadagi IBBY ko‘magida bolalar kitobxonligini rivojlantirish va targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalar taqdimoti hamda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlar uchun kitoblar to‘plami ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

IBBY xalqaro forumida O‘zbekiston Milliy shoʻbasi vakillarining ishtiroki mamlakat bolalar adabiyotlari sohasini rivojlantirishda yuqori ahamiyatga ega bo‘lib, bolalar adabiyotlarini targ‘ib qilish va ommalashtirish sohasidagi mutaxassislar bilan keng muloqot qilish imkonini beradi.

Увеличить на0%