AOKAda “Meta” kompaniyasi delegasiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

23.09.2022, 20:00

Bugun AOKA direktori A.Xodjayev va mutasaddilar “Meta”  (AQSH) kompaniyasining Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyodagi davlat siyosati bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jorj Chen boshchiligidagi delegatsiya vakillari Aurora Li va Doniyor Koshenovlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “Meta” kompaniyasi mahsulotlarini O‘zbekistonda keng ommalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi va bu borada hamkorlik qirralari muhokama qilindi.


O‘z o‘rnida, A.Xodjayev ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat yoshlari uchun davlat tilida foydali ma’lumotlarni chop etishni ko‘paytirish, shuningdek, feyk ma’lumotlar, terrorizm, ekstremizmga oid va boshqa qonunchilik bilan taqiqlangan materiallarni tarqatishni cheklash bo‘yicha yanada kengroq hamkorlik o‘rnatish lozimligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Bundan tashqari, yoshlar orasida ilg‘or IT-texnologiyalardan foydalanish malaka-ko‘nikmasini ham shakllantirish va takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.


Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda konstruktiv va natijador sheriklik istiqbollari belgilandi.


Увеличить на0%