AOKAda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

24.11.2022, 17:40

Bugun Agentlikda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika kengashining tegishli bayonnomasi ijrosini ta’minlash yuzasidan «Huquqiy bilimlarni oshirish kuni» tadbiri doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mas’ul xodimi O‘tkir Tursunboyev, Agentlik mutasaddilari va xodimlari, shuningdek, ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda hududiy boshqarma rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar-trening davomida mehnat sohasidagi ijtimoiy munosbatlar, ish beruvchi va xodimlar huquqlarini tartibga solishning yangi normalari, yillik asosiy ta’tillar, ularni berish tartibi, ta’tillar javdali tushunchasi va mazmun-mohiyati yuzasidan ko‘rgazmali taqdimot orqali keng ma’lumot berildi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbirda yangilangan Mehnat kodeksining kuchga kirishi xodimlarning ish sharoitlarini yanada yaxshilashga, ularning mehnatlari uchun adolatli haq to‘lanishiga, mehnatga majburlashning oldini olishga, xodimlarning dam olishga bo‘lgan huquqlarini yanada kengaytirishga, pirovard natijada ish unumdorligini oshirishga, mehnat qonunchiligini xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirishga asos bo‘lishi ta’kidlandi.


Увеличить на0%