Attestatsiya uchun namunaviy savollar
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbari uchun taxminiy attestatsiya savollar
Sohaga oid qonunchilik bo‘yicha
1.O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini
ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari
faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
2019-yil 27-iyundagi PQ–4366-son qaroriga ko‘ra davlat organlari va
tashkilotlari axborot xizmatlarining asosiy vazifalarini sanab bering?
2. “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati nimalardan iborat?
3. Chet davlatlar ommaviy axborot vositalarining vakolatxonalari va vakillarini akkreditatsiya qilish tartibi qaysi normativ-huquqiy hujjatda belgilangan?
4. Axborot erkinligining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
5. Axborot erkinligi
tushunchasiga ta’rif bering?
6. Axborot xavfsizligi
nima? Uni ta’minlash sohasidagi davlat siyosati qanday amalga oshiriladi?
7. Ommaviy axborot
vositasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida
axborot olish tartibi qanday?
8. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida “Ommaviy axborot vositalari
erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun
belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.” deb belgilangan.
9. OAVda tuhmat va haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik belgilangan?
10. O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasidagi
yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi vakolatli organ
haqida nimalarni bilasiz?
13. Axborot xizmati rahbari faoliyatini baholash bo‘yicha
mezonda matbuot anjumani va brifinglarda tashkilotning birinchi rahbari
ishtirok etishi inobatga olinadimi? Bu nima uchun kerak, deb o‘ylaysiz?
14. Ommaviy axborot vositalarining qanday turlari mavjud?
15. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun haqida nimalarni bilasiz?
16. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining
faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarga nimalar kiradi?
17. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
rahbarlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
ochiqligini taʼminlash sohasidagi vakolatlari nimalardan iborat?
18. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining
faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalariga nimalar kiradi?
19. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyatining ochiqligini taʼminlash usullarini aytib bering.
20. Ommaviy axborot vositalari faoliyati qaysi qonunlar
bilan tartibga solinadi?
21. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining
faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovni ko‘rib chiqish tartibini
aytib bering.
23. Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish va uni
obro‘sizlantirish deganda nima tushuniladi?
24. Vazirlik va idoralarning Ochiq hay’at yig‘ilishlarida
ommaviy axborot vositalar vakillari ishtirok etishi mumkinmi? Mumkin bo‘lsa bu
qaysi hujjatda keltirilgan?
25. “Davlat sirlari” bilan ishlash tajribasiga egamisiz?
Bunda qanday tartib bor?
26. “Davlat
organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek,
jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmonida davlat organlari va tashkilotlari har yili qaysi sanaga qadar o‘z
faoliyatiga oid hisobotni rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi hamda qaysi
sanagacha uni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti
haqida xabar berishi belgilab qo‘yilgan?
27. Qaysi hujjatlarda yolg‘on axborotni tarqatganlik
uchun javobgarlik belgilangan?
Axborot xizmati faoliyatiga aloqador mavzular bo‘yicha
28. Press-reliz nima? Press-reliz tayyorlash jarayonida
nimalarga e’tibor berish kerak? Press-relizning qanday turlari mavjud?
29. Anons, press-reliz, press-kit va ma’lumotnomalarni
tarqatishning yana qanday ilg‘or usullari mavjud?
30. Press-tadbirlarda intervyu beruvchilar bilan qanday
ishlanadi?
31. Matbuot anjumani va brifingning o‘zaro farqi nimada?
32. Qanday maqsadlarda press-klippingdan foydalaniladi?
33. Muddatli rejalashtirish tushunchasi va turlari haqida
nimalarni bilasiz?
34. Axborot xizmati uchun PR-strategiya ishlab
chiqishning qanday ahamiyati va bosqichlarini bilasiz?
35. Mediakit tushunchasiga ta‘rif bering.
36. Jamoatchilik bilan aloqalar deganda nimani tushunasiz?
37. Press-pul tashkil etish va uning tarkibini
shakllantirish tartibi qanday?
38. Jamoatchilik bilan aloqalar sohasida inqirozli
vaziyatlardan chiqib ketish uchun qanday PR-instrumentlar bor? Ularni bir
nechtasini sanab, tushuntirib bering.
39. Korporativ imij qanday shakllantiriladi? Tashkilot
imijini yaratishda Axborot xizmatining ishtiroki qanday?
40. Verbal va noverbal muloqot deganda nima tushuniladi?
41. Inqirozli kommunikasiya nima?
42. Inqiroz paytida rioya qilinadigan 10 ta oddiy qoidani
bilasizmi? Inqirozli holatlarni modellashtirish qanday amalga oshiriladi?
43. Matbuot kotibining huquq va majburiyatlari nimadan iborat?
44. Bloger va jurnalist tushunchasiga normativ-huquqiy
hujjatlarda qanday ta‘rif berilgan?
45. Ommaviy axborot vositasi vakili yoki bloger tomonidan
davlat boshqaruvi organi rahbarining intervyu berishini so‘rab yo‘llagan og‘zaki
murojaati qancha muddatda ko‘rib qchiladi?
46. Normativ-huququy hujjatlarda tashkilot veb-saytini
yuritishda axborot xizmatiga qanday talablar belgilangan?
47. Fakt-cheking nima? Axborot xizmati faoliyatida fakt-cheking nima maqsadda qo‘llaniladi?
48. Akkreditatsiyaning qanday turlari mavjud? OAVning
akkreditatsiya qilingan vakillari qanday huquqlarga ega?
49. Chellenj nima, tashkilotingiz tomonida qanday chellenjlar e’lon qilingan? Targ‘ibotni
ommalashtirishning yana qanday usullarini bilasiz?
50. Kopirayting nima?
51. Matn va vizual matnning o‘zaro farqini tushuntirib bering.
52. Moderator vazifalari nimalardan iborat?
53. Press-tur qachon tashkil qilinadi? Unda nimalarga
e’tibor qaratish lozim?
54. Raddiya bilan munosabat tushuchasining farqli jihatlari va ularni qo‘llash tartibi haqida
nimalarni bilasiz?
55. Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan tanqidiy
materialga qancha vaqtda dastlabki rasmiy munosabat bildirilishi talab etiladi?
56. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyatining ochiqligini ta’minlashda axborot xizmati qanday vazifani
bajaradi?
57. Tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy
sahifalarini verefikasiya qilish qanday amalga oshiriladi?
58. “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida jonli efir qanday
yo‘lga qo‘yiladi?
59. Kontent tahlil nima? Uning ahamiyatini tushuntiring?
60. Tashkilot nomidan ijtimoiy tarmoq va mobil
messenjerlarda ochilgan feyk sahifa va kanallar aniqlanganda qanday yo‘l
tutasiz?
61. Barcha vazirlik va idoralarda Ichki audit va
Komplaens nazorat xizmatlari tashkil etilmoqda. Belgilangan tartibga ko‘ra,
ular qancha muddatda o‘z faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari uchun
brifing yoki matbuot anjumani tashkil qilishi kerak?
62. Maqsadli auditoriya bilan interaktivlikning
samaradorligini qanday oshirish mumkin?
Amalga oshirilgan ishlar hisoboti
63. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizda matbuot
tadbirlaringiz o‘tayotgan paytda onlayn efirlar amalga oshirilganmi?
64. Muayyan axborot voqeligi munosabati bilan matbuot
kotibi maqomida rasmiy videobayonot berganmisiz?
65. Sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul
qilinishi jarayonida tashkilot rahbariyati ishtirokida videosharhlar
tayyorlaganmisiz?
66. Sohaga oid muammolarni birinchi manba sifatida
yoritganmisiz?
68. Lavozimga tayinlangan davringizdan buyon
rahbariyatingiz tomonidan ya’na qanaqa qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan?
69. Shaxsan o‘zingizning tashabbusingiz bilan sohaga oid
materiallarni xorijiy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilganmisiz?
70. Tashkilotning faoliyatiga doir ommaviy axborot
vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan (tanqidiy mazmundagi)
materiallarga munosabat bildirishni tashkil etish to‘g‘risida qanday hujjat
ishlab chiqilgan?
71. Xalqaro media makonda O‘zbekiston imijini yanada
yaxshilash uchun qanday takliflarni berasiz va o‘zingiz Axborot xizmati rahbari
sifatida bu borada nimalarni amalga oshira olasiz?
72. Jurnalistlar “pul”ini tashkil etganmisiz?
Izoh: Attestatsiya davomida attestatsiya komissiyasi a’zolari sohaga oid qo‘shimcha savollar berishi mumkin.