Rahbariyat
Saidjаnov Dilshod Madraximovich
Dilshod Saidjanov – 1982 yil 19 mart kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan.
Mutaxassisligi bo‘yicha – xalqaro munosabatlar tarixi va nazariyasi, Tizimlashtirilgan tahlil va prognozlashtirish.
D. Saidjonov mehnat faoliyatini «Konditsioner» qo‘shma korxonasida kotib-referent, tarjimonlikdan boshlagan.
2005-2008yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo institutining direktor yordamchisi, axborot tahlil bo‘limida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim.
2008-2009yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy Xavfsizlik Kengashi devonining tashqi xavfsizlik masalalari bo‘yicha Guruhning amaliyotchisi.
2009-2014yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy Xavfsizlik Kengashi devonining g‘oyaviy himoya masalalari bo‘yicha Guruhning yetakchi konsultanti.
2014-2017yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy Xavfsizlik Kengashi devonining axborot-g‘oya sohasida tahdid va chaqiriqlarga qarshi kurash masalalari bo‘yicha Guruhning yetakchi inspektori
2017-2018 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati huzuridagi Mediamarkaz yetakchi mutaxassisi
2018-2019 yy. – O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida yetakchi mutaxassis
2019-yil fevral – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining Axborot siyosati boshqarmasi boshlig‘i
2019-yil oktabr oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari.
Rus va ingliz tillarini biladi.
Oilali, ikki nafar farzandi bor
Qabul kuni: Juma, 15:00 – 17:00
Qabulxona raqami: 71 244 23 80
Vakant
Qabul kuni: Chorshanba, 15:00 – 17:00
Qabulxona raqami: 71 244 23 80
Bozorov Gayrat Nazarovich
Gʻayrat Bozorov 1984-yil 1-yanvar kuni Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha - xalqaro jurnalist.
Gʻ. Bozorov mehnat faoliyatini Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligida boshlagan.
2007-2016yy. – Agentlikda mutaxassis, boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2016-2018yy. – Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tizimidagi “Oʻqituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Davlat korxonasi Marketing boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.
2018-2019-yil mart oyiga qadar “Oʻqituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktorining nashriyot va marketing masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Rus va ingliz tillarini biladi.
Oilali, ikki nafar farzandi bor.
Qabul kuni: Seshanba, 15:00 – 17:00
Qabulxona raqami: 71 244 23 80
Ma’lumoti oliy. 1998-yilda Toshkent davlat texnika universitetini injener-geolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2000-yilda Koreya Respublikasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) dasturi bo‘yicha amaliyot o‘tagan. 2007-yilda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi dasturi bo‘yicha Turkiya Respublikasida maxsus o‘quv kursini tamomlagan.
A. Akabirov mehnat faoliyatini 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasida boshlagan hamda 2007-yilgacha turli lavozimlarda mehnat qilgan.
2007-2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati Axborot-tahlil guruhining konsultanti sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2011-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati Xorijiy jurnalistlar bilan ishlash guruhining konsultanti, Prezident matbuot xizmati Rasmiy sayt, ijtimoiy tarmoqlar va internet bilan ishlash sektorining yetakchi konsultanti lavozimlarida xizmat qilgan.
2017-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi Ekspozitsiyalar va innovatsiya bo‘limi bosh mutaxassisi, 2019-yildan 2020-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Axborot xizmati boshlig‘i-Matbuot kotibi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
2020-yilning avgust oyidan buyon O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot xizmati rahbari, axborot masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi sifatida ishlab kelmoqda.
Oilali, uch nafar farzandi bor.
Qabulxona raqami: 71 207 99 95, 71 244 24 09