Ishonch telefoni

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va uning tarkibiy tuzilmalari faoliyati borasida murojaat, taklif yoki shikoyatingiz bormi?

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonun va “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida "Komplayens-nazorat”xizmati (71-244-23-34) faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

"Komplayens-nazorat” xizmati orqali qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish qoidalari:

— "Komplayens-nazorat”xizmati orqali jismoniy va yuridik shaxslar  Agentlik va uning viloyatlardagi boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari xodimlarining korrupsion va boshqa nojo‘ya xatti-harakatlari to‘g‘risida murojaatlar qabul qilinadi;

— murojaat qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs “ishonch telefoniga” qo‘ng‘iroq qilganda  familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, yuridik shaxsning nomi, javob yuboriladigan pochta manzili va bog‘lanish uchun aloqa telefon raqami, shuningdek xabarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etishi shart.

— "Komplayens-nazorat” xizmati orqali murojaat qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaat mazmuni va taqdim etgan ma’lumotning maxfiyligi kafolatlanadi

"Komplayens-nazorat” xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish vaqtlari:

— dushanba-juma kunlari soat 9:00dan 18:00ga qadar (tushlik vaqti: 13:00dan 14:00gacha, shanba va yakshanba dam olish kunlari).

"Komplayens-nazorat”xizmatiga qoldirilgan murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda, normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida ko‘rib chiqiladi.

Yodda tuting!

O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 38-moddasiga asosan Murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Увеличить на0%