Vakansiya

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining markaziy apparati va hududiy boshqarmalaridagi “Boshqarma boshlig‘i”, “Bo‘lim boshlig‘i”, “Bosh mutaxassis” va “yetakchi mutaxassis” lavozimlari bo‘yicha nomzodlarga qo‘yiladigan
MALAKAVIY TALABLAR

Ma'lumot
Oliy ma'lumot:
- Bakalavr
- Magistr
(Magistr darajasiga ega bo‘lgan nomzodlarga ustunlik beriladi)
Mutaxassislik
Asosiy mutaxassisliklarga ega bo‘lish:
- Jurnalistika
- O‘zbek filologiyasi va adabiyoti
- Kutubxona-axborot faoliyati
- Nashriyot va matbaa faoliyati
Turdosh mutaxassisliklar:
- Halqaro diplomatik aloqalar
- Huquqshunoslik, halqaro huquqshunoslik
(Asosiy mutaxassislikka ega bo‘lgan nomzodlarga ustunlik beriladi)
Mehnat staji
Mehnat faoliyatining ohirgi yillarida Tanlov o‘tkazilayotgan lavozimga xos sohaviy yo‘nalishlardagi ish stajiga ega bo‘lish:
- hududiy boshqarma, boshqarma va bo‘lim boshlig‘i uchun 5-7 yil
- bosh va yetakchi mutaxassis uchun 3-5 yil
(Tizim tashkilotlardagi mehnat stajiga ustunlik beriladi)
Xorijiy tilni bilish darajasi
- Rus tili – mukammal darajada bilish
- Ingliz tili –kamida B2 darajasida bilish
Kompyuter savodxonligi
- Microsoft Office dasturlarida (Word, Excel, Power point) mukammal amaliy bilimlarga ega bo‘lish
- Axborot dasturlari va axborot texnologiyalari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lish
- Internet va turli ijtimoiy tarmoqlarda hamda raqamli marketing bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lish
Qo‘shimcha talablar
- Davlat tili va rus tillarida ravon so‘zlashish
- Lotin yozuviga asoslangan davlat tilida ish yuritishni bilish
- Mantiqiy fikrlash, sitiatsion taxlil va inqirozli holatlarda tezkor ravishda to‘g‘ri yechimni topish ko‘nikmalariga ega bo‘lish
- Norma ijodkorligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lish

Izoh: Nomzodlarga mutaxassislik va mehnat staji bo‘yicha qo‘yiladigan malakaviy talablar, Tanlov e'lon qilingan lavozimning sohaviy yo‘nalish bo‘yicha vazifa va funksiyalari hamda lavozimning pog‘ona darajasidan kelib chiqib belgilanadi.


AOKA vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qiladi. Hujjatlar 9-oktabrgacha qabul qilinadi

Batafsil

Увеличить на0%