Gender tenglik

 Internetda gender zo‘ravonlik va kamsitishlarga guvoh bo‘ldingizmi? Unda befarq bo‘lmang!

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida axborot makonida qonunga zid kontentga qarshi kurashish maqsadida yangi bot — @stop_kriminal_bot yaratildi. Mazkur bot Internet hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan noqonuniy harakatlarni o‘rganish va bartaraf qilishga qaratilgan. 

Jumladan, axborot makonida pornografiya, gender zo‘ravonlik va kamsitishlar, shafqatsizlik va qonli sahnalar,  terrorizm va ekstremizm yoki «feyk» xabarlar va boshqa noqonuniy harakatlarga guvoh bo‘lsangiz  «Telegram» orqali Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida yaratilgan @stop_kriminal_bot manziliga yuboring. 

 Befarq bo‘lmang! Turli jinoyatlarga qarshi kurashish va ularning oldini olishda hissa qo‘shing!

● Video

__________________________________________________________

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha mas’ul xodim tayinlandi

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda gender tengligi masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Oliy Majlis Senatida Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha qo‘mita hamda maxsus komissiya faoliyati yo‘lga qo‘yildi va samarali faoliyat olib bormoqda. 

Ta’kidlash kerakki, «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, davlat organlarida Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha mas’ul xodim belgilanishi ko‘zda tutilgan. 

Batafsil

__________________________________________________________

Inson huquqlarini ta’minlashda gender tengligi masalalari

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetida Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi hamda Bosh prokuratura  hamkorligida 19-20 may kunlari respublika darajasidagi vazirlik, idora va tashkilotlar hamda hokimliklar axborot xizmatlari rahbarlari uchun «Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosati va mazkur sohada xalqaro majburiyatlarning bajarilishi masalalari» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. 

● Batafsil 

Увеличить на0%