Matbuot kotibi
Akabirov Azamatxon Muzaffarovich
Akabirov Azamatxon Muzaffarovich 1976-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Ma’lumoti oliy. 1998-yilda Toshkent davlat texnika universitetini injener-geolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2000-yilda Koreya Respublikasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) dasturi bo‘yicha amaliyot o‘tagan. 2007-yilda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi dasturi bo‘yicha Turkiya Respublikasida maxsus o‘quv kursini tamomlagan.
A. Akabirov mehnat faoliyatini 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasida boshlagan hamda 2007-yilgacha turli lavozimlarda mehnat qilgan.
2007-2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati Axborot-tahlil guruhining konsultanti sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2011-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati Xorijiy jurnalistlar bilan ishlash guruhining konsultanti, Prezident matbuot xizmati Rasmiy sayt, ijtimoiy tarmoqlar va internet bilan ishlan sektorining yetakchi konsultanti lavozimlarida xizmat qilgan.
2017-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi Ekspozitsiyalar va innovatsiya bo‘limi bosh mutaxassisi, 2019-yildan 2020-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Axborot xizmati boshlig‘i-Matbuot kotibi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
2020-yilning avgust oyidan buyon O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot xizmati rahbari, axborot masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi sifatida ishlab kelmoqda.
Oilali, uch nafar farzandni bor.
Tel: (+9989 71) 207-99-95
E-mail: spokesman@aimc.uz
Вид сайта
Размер шрифта
Увеличить на0%