"Orolga hayot bag‘ishla" mavzusida Xalqaro onlayn-konferensiya

27.10.2020, 05:08

2020 yilning 4 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda "Orolga hayot bag‘ishla" mavzusida xalqaro onlayn-konferensiya tashkil etadi.

Mazkur tadbirning maqsadi Orol dengizi fojiasi to‘g‘risida xabardorlikni global miqyosda oshirishdan iborat.

Tadbirda xalqaro tashkilotlar vakillari, ekologlar, olimlar, inflyuyenser va blogerlar ishtirok etadi. Jumladan:

Natalya German, BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili;

Agi Veres, BMT TD Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori o‘rinbosari;

Helena Freyzer, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori;

Benjamin Grant, sayyoramizning sun’iy yo‘ldoshdan olingan sur’atlaridan o‘ylantiruvchi asarlar yaratishda foydalanuvchi AQSHlik rassom;

Inna Volfson, YuNISEFning o‘smirlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi.

Konferensiyada ekologik fojianing salbiy oqibatlarini yumshatishning qo‘shimcha chora-tadbirlari sifatida mahalliy aholini ish bilan ta’minlash, turmush sharoitini yaxshilash nuqtai nazaridan mintaqada ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha xorij tajribasini joriy etish istiqbollari, atrof-muhitni qayta tiklash bo‘yicha innovasion vositalar va mexanizmlar, Orolbo‘yida sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni hal etishning ustuvor masalalari va boshqalar muhokama qilinadi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Orol dengizi bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risidagi dolzarb ma’lumotlarni tarqatish maqsadida #GiveLifetoAral xeshtegi yaratilgan. Jamoatchilik vakillari, jurnalistlar, bloger va barcha ko‘ngilliliar ushbu tashubbusga qo‘shilishlari va Orol fojiasi bilan bog‘liq video, sur’at chop etishlari yoki Orol bo‘yida istiqomat qiluvchi aholiga o‘z birdamlik so‘zlarini izhor etib, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilishlari mumkin.

Увеличить на0%