Bayonot

03.02.2021, 22:01

Bugun internet tarmog‘ida “Azon.uz”ga bosim qachon tugaydi?” nomli bayonot orqali mazkur veb-saytning bosh muharriri A.Raimov tahririyatga nisbatan bosim o‘tkazilgani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha ariza bergani e’lon qilindi va bu holat jamoatchilik orasida muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekistonning yangi ochiqlik va oshkoralik siyosatida davlat idoralari va jurnalistlar o‘rtasidagi bahsli masalalar imkon qadar o‘zaro kelishuv, agarda buning iloji topilmasa huquqiy me’yorlardagi tartiblar asosida hal etilishi maqsadga muvofiqdir. Xususan, diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash va tarqatishda nizoli holatlar yuzaga kelganda ham masalaning yechimi sud orqali hal etilishi belgilangan.

Agentlik doimgidek davlat organlari va ommaviy axborot vositalarini qonunchilikda ko‘rsatib o‘tilgan qoidalar hamda o‘rnatilgan talablarni hurmat qilgan holda o‘zaro munosabatlarga kirishishga chaqiradi. Shuningdek, davlat idoralarini jurnalistlarga nisbatan bosim o‘tkazmaslik, tahririyat xodimlarini esa jurnalistlik odob-axloq qoidalariga amal qilishini so‘raydi.

Увеличить на0%