Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida

16.03.2021, 12:09

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Senatining “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 30 sentyabrdagi 2782-III/QQ-610-III-son qo‘shma qarori hamda “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 16 martdagi PQ-4640-sonli Prezident qaroriga muvofiq, Agentlik tizimida korrupsiya holatlariga olib kelishi mumkin bo‘lgan xizmatlarni raqamlashtirish, noshirlik va matbaa sohasida davlat aralashuvini keskin kamaytirish, nashriyot va matbaa sohasida qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilyapti.

Xususan, 2020 yil 1 iyulidan boshlab noshirlik faoliyatini lisenziyalash hamda matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartiblari bekor qilinib, noshirlik va matbaa faoliyatini boshlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etish tizimi joriy etildi.

Shuningdek, Agentlik tizimidagi “O‘zbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, “Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” va “O‘qituvchi matbaa uyi” davlat korxonalari xususiylashtirish uchun, “Ko‘zi ojizlar bosmaxonasi” davlat korxonasi esa samarali foydalanish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirish ustidan ichki idoraviy nazorat mexanizmlarini kuchaytirish maqsadida, Agentlikning 2020 yil 10 avgustdagi 102-sonli buyrug‘i bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki komissiyasining yangilangan tarkibi, nizomi va ichki komissiyaning Harakatlar dasturi tasdiqlangan.

Agentlikning 2020 yil 12 avgustdagi 149-sonli buyrug‘i bilan “Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tartibi” va “Agentlik tizimida korrupsiya xavf-xatarlarining yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan tashkilot, boshqarma va bo‘limlar ro‘yxati hamda korrupsiyaning namoyon bo‘lish shakllari” ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Bundan tashqari, "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5729-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2020 yilning dekabr oyida Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining 71-244-23-34 raqamli "Ishonch telefoni" ishga tushirildi.

Увеличить на0%