Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan adabiy tadbir o‘tkazildi

19.03.2021, 19:20

Bugun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida atoqli shoir, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan adabiy tadbir o‘tkazildi. Unda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi mas’ullari, Milliy kutubxona vakillari, taniqli adabiyotshunos va ijodkorlar, shoirning yaqinlari hamda she’riyat ixlosmandlari, yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda taniqli adabiyotshunos olim Ahmadjon Meliboyev, O‘zbekiston san’at va madaniyat arbobi Ibrohim Gʻafurov va boshqalar Abdulla Oripov ijodining o‘ziga xosliklari, shoir she’riyatidagi ulkan falsafiy g‘oyalar mazmun-mohiyati haqida so‘zladilar.

Adabiy tadbirda shoir ijodidan she’rlar o‘qildi, u bilan bog‘liq qiziqarli va ibratli voqealar esga olindi. Abdulla Oripov bilan yelkama-yelka ijod qilgan zamondosh adiblar, adabiyotshunoslarning u haqidagi fikrlari aks etgan videolavhalar namoyish etildi.


Увеличить на0%