"Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va noshirlik faolligi" mavzusida V Milliy ilmiy-ta’limiy forum bo‘lib o‘tdi

26.03.2021, 15:15

Bugun, 26-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida AOKA, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, «E-Line Press» MChJ hamkorligida "Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va noshirlik faolligi" mavzusida V Milliy ilmiy-ta’limiy forum o‘tkazildi.

Unda elektron resurslarni yaratish texnologiyalari va jahon ilmiy ta’lim manbalari bilan ishlash orqali O‘zbekistonda innovasion faoliyat, ilmiy tadqiqotlarning sifati va noshirlik funksiyalarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. AOKA direktori Asadjon Xodjayev ilmiy yo‘nalishdagi ilg‘or axborot resurslaridan samarali foydalanish nafaqat tadqiqotlar va ta’lim sifatini oshirishda, balki ishlab chiqarish va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda ham muhim omil ekanini ta’kidladi.


Agentlik tizimidagi axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar xodimlari elektron manbalarning xilma-xilligi va ularning boshqaruvi, ilmiy ma’lumotlarni saqlash, naukometrik vositalar va ularni qo‘llash bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lishdi. Forum ishtirokchilari, shuningdek, dunyoning yetakchi nashriyotlari va agregatorlarining ilmiy manbalaridan foydalanish, yuqori reytingli jurnallarda maqolalarni nashr etish imkoniyatlari haqida keng ma’lumotlar olishdi.

Увеличить на0%