Korrupsiyaga qarshi kurashish — bugunning dolzarb masalasi

25.03.2021, 17:43

Bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida vakolatli organ xodimlari ishtirokida Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari xodimlarining mansab vakolati bilan bog‘liq korrupsiya jinoyatlariga qarshi kurashish va ularning oldini olish bo‘yicha videokonferensaloqa orqali seminar-trening o‘tkazildi. 

Ta’kidlash joizki, AOKA tizimida korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarning o‘z vaqtida oldini olish va unga barham berish bo‘yicha tegishli hujjatlar qabul qilingan. Tadbirda mazkur hujjat bandlariga rioya etish — korrupsiyaning oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Shu bilan birga, tadbirda Agentlik tizimida axborot xavfsizligini ta’minlash, turli kiberhujumlarning oldini olish, davlat xizmatchilarining bu boradagi bilimlarini oshirish, axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini yuksaltirish muhim masala ekani qayd etildi.

Tadbir so‘nggida yuqoridagi muhim masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi. Tegishli takliflar, tavsiyalar ishlab chiqildi.

Увеличить на0%