O‘zbekistonda "Kitobxonlik haftaligi" boshlandi

05.04.2021, 15:15

Bugun, 5-aprel kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijodi saroyida tadbirning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda maktab o‘quvchilari, talabalar, shoir va yozuvchilar, noshirlar, tashkilotchi idoralarning mas’ul mutasaddilari ishtirok etdi.


Ilk marotaba o‘tkazilayotgan "Kitobxonlik haftaligi" doirasida 30 dan ortiq yetakchi nashriyotlarda so‘ngi yillarda chop etilgan 100 ga yaqin kitobning taqdimotlari, ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiyning 580 yilligi, O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning 80 yilligi, Xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning 80 yilligi, shuningdek, o‘zbek estrada san’atining asoschisi Botir Zokirovning 85 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.


"Kitobxonlik haftaligi" davomida poytaxtimiz tumanlarida keng kitobxonlar ommasi uchun barcha yo‘nalish va janrdagi kitoblarni o‘zida jamlagan "Bibliobus" ko‘chma-kutubxonalar xizmati takshil etiladi.


Haftalik doirasida "Yosh kitobxon" tanlovining Respublika yakuniy bosqichi ham o‘tkaziladi. Unda uchta yosh toifasidagi g‘olib kitobxonlarga Prezident sovg‘asi — "Spark"avtomashinasi topshiriladi.


AOKA, Yoshlar ishlari agentligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, MTRK, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ushbu tadbir 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan kitobsevarlar uchun chinakam intellektual bayram bo‘lishi shubhasiz.


Haftalik 5-9-aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Yoshlar ijodi saroyi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlar axborot-kutubxona markazlarida bo‘lib o‘tadi.



Увеличить на0%