AOKAda Islom taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

09.04.2021, 18:50

Bugun AOKAda Islom taraqqiyot banki Bosh kotibiyatining boshqaruv va xizmatlar bo‘limi boshlig‘i El Mustafa Ayt Amor, ITB Marketing va kommunikatsiyalar boshqarmasining tadbirlarni boshqarish bo‘yicha menejeri Nora Mozzen, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjanov, O‘zbekiston milliy axborot agentligi direktori o‘rinbosari Xushnud Xudoyberdiyev hamda boshqa mas’ul xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Muloqot davomida Islom taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashining O‘zbekistonda tashkil etiladigan 46-yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish, media tadbirlar rejasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.


Xalqaro miqyosdagi ushbu nufuzli yig‘ilishning axborot makonida faol yoritilishi xorijiy ishbilarmon doiralar va dunyo hamjamiyatining e’tiborini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga va mamlakatning yaxshilanayotgan investitsiyaviy muhitiga qaratishda imkon berishi ta’kidlandi.


Увеличить на0%