Markaziy saylov komissiyasi va siyosiy partiyalar axborot xizmatlari uchun seminar-trening boshlandi

19.04.2021, 21:30

Joriy yilda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Mazkur muhim siyosiy tadbirda yurtimizdagi siyosiy partiyalar o‘z nomzodlari bilan ishtirok etadi. Saylovni ochiq, oshkora va shaffof o‘tishini ta’minlaydigan muhim omillardan biri bu ommaviy axborot vositalarida saylov va saylovoldi jarayonlarini yoritib borishdir. Bu ishlarni sifatli, tezkor, bugungi kun talablaridan kelib chiqib tashkil etishda Markaziy saylov komissiyasi va siyosiy partiyalar axborot xizmatlarining o‘rni nihoyatda katta.



Shu bois Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan Noshirlik-matbaa sohasida mutaxassislarni tayyorlash kasb-hunar kollejida Markaziy saylov komissiyasi va siyosiy partiyalar axborot xizmatlari rahbarlari va xodimlari uchun «Axborot xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy PR yondashuvlar» mavzuida besh kunlik seminar-trening tashkil etilmoqda.



Seminar-treninglarda mamlakatimizdagi eng taniqli va tajribali PR mutaxassislar partiyalar xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, saylov jarayonida OAV bilan aloqalarning o‘ziga xos jihatlarini qamrab olgan “Saylov jarayonida OAV bilan aloqalarning o‘ziga xosligi”, “Zamonaviy media muhitida krizis kommunikatsiyalar va ularni boshqarish”, “Provakatsion savollar va holatlarga qanday javob berish kerak?”, “Saylovda PR texnologiyalar”, “Ijtimoiy tarmoqlar uchun media matn tayyorlashda onlayn instrumentlardan foydalanish” kabi mavzularda ma’lumotlar taqdim etishmoqda.



Seminar yakunida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

Увеличить на0%