YeXHT delegatsiyasi va AOKA rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

30.04.2021, 17:25

Bugun Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori Matteo Mekachchi boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari bilan AOKA direktori Asadjon Xodjayev hamda Agentlikning boshqa mas’ul mutasaddilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Muloqot davomida axborot sohasini demokratlashtirish, so‘z va matbuot erkinligi hamda davlat idoralari ochiqligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi rolini oshirish, soxta va yolg‘on yangiliklarga qarshi kurashish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

U

Uchrashuv yakunida keng ko‘lamli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan takliflar bildirildi.

Увеличить на0%