AOKA xodimlari "Olmaota+29" mintaqaviy forumida ishtirok etdi

30.04.2021, 18:12

Bugun  3 may – Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan Yunesko Klaster byurosi tomonidan tashkillashtirilgan "Olmaota+29" mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tdi. Unda turli davlatlardan soha vakillari bilan bir qatorda AOKA xodimi ham ishtirok etdi.

Forum asosan uch shoʻba yo‘nalishida: 

-"Ommaviy axborot vositalarining hayotiyligini mustahkamlash"

-"Onlayn-platformalarning shaffofligini mustahkamlash"

-"Media va axborot savodxonligi salohiyati"  bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya davomida mutaxassislar tomonidan COVID-19 pandemiyasi sharoitida OAV faoliyati, dezinformatsiyalar ichida yangiliklar bilan ishlash, jurnalistlar xavfsizligi tamoyillari, Markaziy Osiyoda shaffof internet, infodemiyaga qarshi kurashish hamda media savodxonlik mavzularida fikrlar bildirildi va muhokama qilindi.

AOKA xodimlari ham o‘z chiqishlarida O‘zbekistonda OAV hayotiyligini mustahkamlash hamda media va axborot savodxonligi bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Markaziy-Osiyo treninglari  to‘g‘risida ma’lumot taqdim etishdi.

Ma’lumot uchun:  Erkin, mustaqil va plyuralistik ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish to‘g‘risidagi Vindxuk (Namibiya) va Olmaota deklaratsiyasining 30 yilligi munosabati bilan har yili 3 may - Jahon matbuot erkinligi kunida "Axborotni jamoat farovonligi sifatida targ‘ib qilish" mavzusida global tadbir nishonlanadi.

Увеличить на0%