"Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh" mediahaftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

03.05.2021, 14:14

Bugun 3 may — Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida "Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh" mediahaftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari — Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov, Bosh vazir o‘rinbosari — Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev, Xalqaro press-klub raisi — Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzod Qo‘dratxo‘ja, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi bosh direktori Dmitriy Kiselyov, germaniyalik media-ekspert Rene Falkner va boshqa xorijlik mutaxassislar ishtirok etdi.


Haftalik doirasida mahorat darslari, konferensiyalar, forumlar, maxsus taqdimotlar, yoshlar media-studiyalarining ochilish marosimi, yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan filmlarining ochiq namoyishlari, OTMlar va yetakchi OAVlar o‘rtasidagi hamkorlik memorandumlarining imzolanishi, iqtidorli yoshlarga maxsus jihozlarni taqdim etish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Mediahaftalik tadbirlari 2021-yil 3-7-may kunlari poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida, shuningdek, mahalliy telekanallarning studiyalarida bo‘lib o‘tadi.


Увеличить на0%