AOKA direktori Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan blogerlar bilan uchrashdi

03.07.2021, 15:00

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan faol blogerlar bilan uchrashdi.


Uchrashuvda axborot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bugungi kun blogosferasi oldida turgan eng muhim masalalar, mavjud muammolar tahlil etildi.

AOKA rahbari axborot olishdagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish, ko‘tarilayotgan masalalar, e’lon qilinayotgan tanqidiy maqolalarga o‘z vaqtida munosabat bildirish, ochiq muloqotlar, matbuot tadbirlariga blogerlarni jalb etish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv davomida blogosferani yanada rivojlantirish, sifatli, foydali kontentlar soni va salmog‘ini oshirish, yosh, faol blogerlarni qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qilindi.


Увеличить на0%