AOKAda «Yilning eng faol yosh xodimi» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

07.07.2021, 18:00

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Yilning eng yosh xodimi» ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

Ko‘rin-tanlov O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan «Yoshlar oyligi» doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda Agentlikda mehnat qilayotgan yosh va faol xodimlar qatnashdi.



Tadbirda ishtirok etgan AOKA direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjanov so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga keng imkoniyat va sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi. Bugun barcha vazirlik va idoralarda faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar safi tobora kengayib borayotgani hamda yoshlarni mas’uliyatli lavozimlarga tayinlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani e’tirof etildi.



Ko‘rik-tanlov sovrindorlari munosib rag‘batlantirildi. Shuningdek, jamoada mehnat qilayotgan barcha yosh kadrlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.


Увеличить на0%