Agentlikda Hindiston "Asian News International" Axborot agentligi muxbiri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

14.07.2021, 15:40

Xabar berilganidek, 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev taklifi va tashabbusi bilan "Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar" mavzusida yuqori darajadagi Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Mazkur konferenfiya doirasidagi tadbirlarga ishtirok etish uchun 40 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotdan davlat arboblari, siyosatchilar, yetakchi shaxslar hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurishmoqda.

Xalqaro forum mehmon ishtirokchilaridan biri - hindistonlik "Asian News International" Axborot agentligi bosh muxbiri Ashokraj Yadav bugun Agentlikda direktorning birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjanov bilan uchrashdi.

Intervyu shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda oliy darajadagi Xalqaro konferensiyaning ahamiyati, yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, tadbirning OAVda keng yoritilishini ta’minlash, zarur axborot va ma’lumotlarni olish uchun barcha sharoitlar yaratilganligi hamda texnik ta’minot mavjudligi ta’kidlandi.

Увеличить на0%