AOKAda amerikalik ekspertlar va jurnalistlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

15.07.2021, 14:25

Toshkent shahrida o‘z ishini boshlagan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar”  mavzusidagi  Xalqaro konferensiya doirasida uchrashuv va anjumanlar davom etmoqda.


Bugun AOKAda AQSH Soliq va investisiyalar bo‘yicha Markaz Prezidenti Deniel Uitt va "Meros jamg‘armasi" tahliliy markazi eksperti Ariel Koen  OAV vakillari bilan uchrashdi.

Amerikalik ekspertlar AQSH va O‘zbekiston munosabatlari, global iqtisodiy jarayonlar, pandemiya sharoitida dunyo miqyosidagi ijtimoiy-siyosiy voqeliklar hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan jurnalistlarning savollariga javob berishdi.

Eslatib o‘tamiz, 15-16 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiya doirasida tashkil etilgan media-shtabda AOKA faol ish olib bormoqda va xorijiy ekspertlar, OAV vakillari bilan davra suhbatlari tashkillashtirishda hamkorlikka tayyorligini bildiradi.



Увеличить на0%