AOKAda “Mustaqillik ostonasida” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

25.08.2021, 18:15

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab “Mustaqillik ostonasida” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Onlayn tarzda tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi katta oʻqituvchisi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Saidafzal Saidjalolov agentlik xodimlari bilan jonli muloqot qildi.


Muloqotda oʻzbek xalqining asriy orzusi boʻlgan istiqlol mohiyatini anglash, uni qadrlash va asrash yuzasidan hayotiy voqealar, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tahliliy-qiyosiy muhokama etildi.

Taʼkidlanganidek, millatning doimo zamon bilan hamnafas boʻlib, oʻz oldiga katta maqsadlar qoʻyib yashagani, mehnatkash xalqning hamma ishni reja bilan bajargani, davlatning eng qiyin va tashvishli vaziyatlarda ham doimo puxta va vazmin siyosat yuritgani hozirgi farovon kunlar poydevori boʻldi.

Mustaqil Oʻzbekiston oʻtgan oʻttiz yillik taraqqiyot davrida mehr-oqibat, yuksak insonparvarlik namunasini koʻrsatib jahondagi barcha mamlakatlar, avvalo, yaqin qoʻshnilarimiz va boshqa davlatlar bilan oʻzaro doʻstlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlashga erishdi. Xalqaro munosabatlarda sogʻlom raqobat, oʻzaro manfaatli hamkorlik yoʻlidan bordi. Tinch va farovon hayot bosh maqsad etib belgilandi.


Muloqotda Agentlik masʼul xodimlari ham mustaqillik yillarida qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyatlar, soha rivoji yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Увеличить на0%