AOKAga yilning oʻtgan davrida 800ga yaqin murojaat kelib tushdi

31.08.2021, 15:30

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga 2021-yilning oʻtgan 8 oyi mobaynida 800ga yaqin murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaatlarning 100ga yaqini ijobiy hal etilgan boʻlsa, qolganlari yuzasidan Agentlik vakolati doirasida qonuniy tushuntirishlar berildi. 

Kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi — televideniyeda efirga uzatilayotgan koʻrsatuvlar, seriallar va reklamalar mazmun-mohiyati hamda OAVlarda qaysidir muammolarni yoritish bilan bogʻliq boʻldi. Shuningdek, 200ga yaqin murojaatda kitob chop etish, kutubxona ochish, litsenziya olish va boshqa masalalarda amaliy yordam soʻralgan. Bundan tashqari, 80 nafardan koʻproq yurtdoshlarimiz blogerlik, axborot xizmatlari faoliyati bilan bogʻliq murojaat yuborgan. 

Bundan tashqari, murojaatlar orasida Agentlik vakolatiga kirmaydigan masalalar ham yoʻq emas. Uy-joy, ishga joylashish, pensiya, tadbirkorlik bilan bogʻliq muammolar kabi masalalar boʻyicha murojaat qilgan fuqarolarga tushuntirishlar berilmoqda. 

Agentlik har bir murojaatga alohida eʼtibor bilan yondashadi va unda koʻrsatilgan masalalarni oʻz vakolati doirasida qonuniy hal etish choralarini koʻradi.

Увеличить на0%