AOKA markaziy apparatidagi vakant lavozimga ochiq tanlov eʼlon qilindi
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda Agentlik markaziy apparatidagi quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:
Nashriyot-matbaa sohasi va kitob savdosini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali roʻyxatdan oʻtishlari, vakant boʻlgan lavozimga soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Hujjatlar 2021-yil 14-sentyabrdan 23-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Hujjatlarni elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma
Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma