“Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy koʻrik tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

15.09.2021, 20:50

 Bugun poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida “Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy koʻrik tanlovining respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.


Tadbirda tashkiliy qoʻmita, hakamlar hayʼati aʼzolari, jurnalistlar ishtirok etdi. Gʻoliblarga maxsus diplomlar, koʻrik-tanlov ramzi tushirilgan plaketka hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.


Mamlakatimizning barcha hududlaridan 6 ta nominatsiya boʻyicha qatnashgan turli yoshdagi ijodkorlarning ishlari maxsus saytga joylashtirilib, onlayn ovoz berish tizimi orqali keng jamoatchilik ishtirokida baholab borilgani alohida qayd etildi.


Taqdirlash marosimida ushbu koʻrik-tanlov ijod ahlining jamiyatdagi faolligini oshirish, kasbiy mahoratini yuksaltirish, iqtidor sohiblarini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.


Увеличить на0%