AOKA markaziy apparatidagi vakant lavozimga ochiq tanlov e’lon qilindi

28.09.2021, 18:35

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda Agentlik markaziy apparatidagi quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi:

Ichki audit xizmati bosh mutaxassisi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Hujjatlar 2021 yil 28 sentyabrdan 7 oktyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma

 Yagona identifikasiya tizimi — id.egov.uz'dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Увеличить на0%