AOKA xodimlari ishtirokida sport musobaqalari o‘tkazildi

02.10.2021, 15:15

Bugun AOKA tasarrufidagi Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kollejining zalida Agentlik xodimlari ishtirokida sport musobaqalari o‘tkazildi.

100 nafarga yaqin qatnashchi guruhlarga bo‘lingan holda stol tennisi va shashka bo‘yicha bahs olib bordi. Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan mazkur bellashuvlar qiziqarli va murosasiz o‘tdi.

Gʻoliblarga va ijobiy natija qayd etgan 25 nafar ishtirokchiga maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu kabi musobaqalar an’anaviy tarzda o‘tkazib borilishi belgilab olindi.


Увеличить на0%