Agentlikda Latviya milliy axborot agentligi Bosh direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

23.10.2021, 17:00

Bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev va Latviyaning  "LETA" milliy axborot agentligi Bosh direktori, Boshqaruv kengashi a’zosi Yuris Mendzinsh o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 


Uchrashuvda O‘zbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik ishlari, saylov jarayonini ochiq va oshkora yoritish uchun mahalliy va xorijiy OAV vakillari, mustaqil jurnalist va ekspertlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, saylovoldi kampaniyalarni tashkil etish hamda o‘tkazishda xolislik borasida fikr-mulohazalar bildirildi.


AOKA direktori O‘zbekistonda oxirgi yillarda axborot sohasini demokratlashtirish, so‘z va matbuot erkinligi hamda davlat idoralari ochiqligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi rolini oshirish borasidagi islohotlar haqida so‘zlab berdi. 


Uchrashuvda, shuningdek,  O‘zbekiston va Latviya o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatish, soha mutaxassislari malakasini oshirish hamda tajriba almashish istiqbollari keng muhokama qilindi.


Увеличить на0%