Hamkorlik yuzasidan uchrashuv

03.11.2021, 19:19

Bugun AOKAda Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot maslahatchisi Hamdi Turshuju va «TRT» Turkiya teleradiokompaniyasi vakolatxonasi rahbari Nizam Shahin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida o‘zaro tajriba almashish, manfaatli hamkorlik istiqbollari, ish uslublarini zamonaviy va yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash borasida takliflar bildirildi.


Увеличить на0%