AOKA jamoasi “Bosh vazir kubogi” musobaqasini yirik hisobdagi gʻalaba bilan boshladi

05.11.2021, 18:40

Bugun futbol boʻyicha “Bosh vazir kubogi” musobaqasiga start berildi.

Musobaqa mamlakatimizdagi vazirlik, idora va yuqori turuvchi tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida oʻtkazilmoqda.


Joriy yilgi bahslarda 43ta jamoa ishtirok etyapti. 

Musobaqada Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi dastlabki uchrashuvini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi jamoasiga qarshi oʻtkazdi.


Qiziqarli kechgan bahsda AOKA xodimlari 3-0 hisobida gʻalaba qozondilar. Uchrashuvda Axborot xizmati xodimi Ahmad Yusupov dublga erishgan boʻlsa, yana bir gol Axborot-tahlil boshqarmasi vakili Mirhayot Soipov hisobiga yozildi. Agentlik jamoasi ertaga Davlat bojxona qoʻmitasi xodimlariga qarshi maydonga tushadi.


Turnirning final bahsi mamlakatimizning bosh arenasi – “Bunyodkor” stadionida 10-noyabr kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Увеличить на0%