Jahon banki vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

17.11.2021, 14:30

Agentlikda Jahon banki vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Qayd etilganidek, bugungi kunda iqtisodiy sohada olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarni fuqarolarga sodda va tushunarli usulda yetkazish, bunda zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish, davlat mablagʻlarining ochiq va shaffof sarflanishi yuzasidan toʻliq tushunchalar berish eng muhim va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 


Bu borada davlat idoralari va tashkilotlarning axborot xizmatlarining oʻrni va roli beqiyos. Shu bois matbuot kotiblarining malakasini oshirish, ularning iqtisodiy bilimlarini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Uchrashuvda mazkur yoʻnalishda oʻzaro tajriba almashish, hamkorlikda seminar va treninglar tashkil etish yuzasidan fikrlashildi, oʻzaro munosabatlardagi ustuvor yoʻnalishlar belgilandi, taklif va mulohazalar bildirildi.


Увеличить на0%