Yosh jurnalist va blogerlar uchun oʻquv-seminar tashkil etildi

18.11.2021, 09:50

Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan “Madaniyat va sanʼat haftaligi” oʻtkazilmoqda. Ushbu haftalik doirasida Agentlik tomonidan Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kasb-hunar kollejida “Yosh madaniyat va sanʼat blogerlari”ni shakllantirish va tajribasini orttirish qaratilgan oʻquv-seminari tashkil etildi. Oʻquv-seminari davomida tinglovchilarga “Bloger tushunchasi: huquq va majburiyatlari, inson huquqi, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish shartlari”, “Oʻzbekiston qonunchiligida axborot erkinligi, xolisligi va haqqoniyligi, shuningdek, jamiyat manfaatlari”, “Shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanishning tartibi va shartlari” mavzularida mashgʻulotlar olib borildi. 


Mashgʻulotlar davomida Agentlik boshqarma boshligʻi Maʼmurjon Parpiyev, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Olimjon Oʻsarovlar axborot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bugungi mediamakondagi oʻzgarishlar, jurnalist va blogerlarning erkin faoliyat yuritishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, sohadagi huquq va majburiyatlar haqida fikr-mulohazalar bildirishdi.


Shu bilan birga, mashgʻulotda bugungi kun blogosferasi oldida turgan eng muhim masalalar, mavjud muammolar tahlil etilib, blogosferani yanada rivojlantirish, sifatli, foydali kontentlar soni va salmogʻini oshirish masalalari muhokama qilindi.


Увеличить на0%