Boʻsh lavozimga ishga taklif etamiz

23.12.2021, 18:45

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasidagi vakant lavozimga ochiq tanlov eʼlon qilinadi!

Avvalroq Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilgan edi. Biroq dastlabki tanlovning 3-bosqichida nomzodlar yetarli ball toʻplay olmagani sababli quyidagi lavozimga qayta tanlov oʻtkaziladi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi. 

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz/) orqali roʻyxatdan oʻtishlari, vakant boʻlgan lavozimga soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Hujjatlar 2021-yil 22-dekabrdan 31-dekabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Увеличить на0%