«OAV faoliyati samaradorligini oshirishda zamonaviy media trendlar» mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi

23.12.2021, 21:18

Bugun, 23 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun «OAV faoliyati samaradorligini oshirishda zamonaviy media trendlar» mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.


Seminarda AOKA va Adliya vazirligi mutaxassislari, Yuristlar malakasini oshirish markazi va Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari hamda mahalliy jurnalistlar, shuningdek, onlayn shaklda hududlardagi OAV xodimlari ham ishtirok etdi.


O‘quv seminari davomida «Axborot olish, qayta ishlash va tarqatishda jurnalistlarning huquq va majburiyatlari»; «Ommaviy axborot vositalarida shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishning tartibi va shartlari»; «Axborot tarqatishda haqqoniylikni ta’minlash zarurati. Faktchekking o‘zi nima?»; «Men faktchekerman»; «Ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdagi ishtiroki» kabi mavzularda ma’ruza va taqdimotlar o‘tkazildi. OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


Увеличить на0%